Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro24-sentabr, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik sari: Vena universiteti professori bilan davra suhbati

Avstriyaning Vena universiteti professori Dr. Josef Windsperger SDTUga tashrif buyurib, xalqaro qo‘shma konferensiya va ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etdi.

Dr. Josef Windsperger bilan davra suhbati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga Avstriyaning Vena universiteti professori Dr. Josef Windsperger tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Dr. Josef Windsperger iqtisodiyot va boshqa sohalar bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, shuningdek, ilmiy hamda akademik sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, dekanlar va kafedra mudirlari Vena universiteti professori bilan ochiq va samimiy davra suhbati olib borishdi.

Tomonlar xalqaro qo‘shma konferensiya tashkil etish, ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida kelishuvga erishdilar.

Suhbat yakunida Vena universiteti va SDTU o‘rtasida kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish