Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro8-aprel, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy muloqot: Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan ma’ruza

SDTU prorektori Abror Gadaev Malayziyada suv resurslari va Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ma’ruza o‘qidi.

SDTU prorektorining Malayziyadagi ma’ruzasi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadaev Malayziyaning Tunku Abdul Rahman universiteti mutaxassislari ishtirokida xalqaro ma’ruza o‘qidi.

Mazkur ma’ruza “O‘zbekistondagi suv manbalari holati va Orol dengizi muammolari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda respublikamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va ekologik barqarorlik yo‘lida birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

SDTU — ilm-fan va innovatsiyalar markazida!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish