Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro6-fevral, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda: MAG ARCHITECT bilan memorandum imzolandi

Malayziyadagi ta’lim forumi doirasida MAG ARCHITECT kompaniyasiga tashrif buyurilib, talabalar amaliyoti va bilim almashinuvi bo‘yicha memorandum imzolandi.

MAG ARCHITECT kompaniyasiga amaliy tashrif

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov va Arxitektura kafedrasi professori Emrah Turkyilmaz 2–6 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan “Malayziya-O‘zbekiston 1-ta’lim forumi” doirasida MAG ARCHITECT kompaniyasiga amaliy tashrif bilan borishdi.

Kompaniya rahbari Dr. Muhsin Abdul Ghani universitet bilan yaqin hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirar ekan, ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum asosida:

— Arxitektura, Interyer dizayni va Qurilish muhandisligi yo‘nalishlari talabalari uchun amaliyotlar tashkil etish;

— Qurilish muhandisligi bo‘yicha bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

— Professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari yaratish;

— Universitetning Inkubatsiya va Loyihalar markazlari bilan hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirish kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida, MAG ARCHITECT kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro miqyosda qurilish sanoati hamkorligini mustahkamlash va innovatsion loyihalar yaratishga yo‘naltirilgan kompaniyalardan biridir.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish