
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘iga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining 2025-yil 4-apreldagi 6-sonli Kengash qarori bilan tasdiqlangan, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha, shuningdek ta’lim tili va kurslar kesimida ta’lim grantining bazaviy sonidan kelib chiqqan holda taqsimlash jadvali e’lon qilindi.