
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasi izchil davom etmoqda.
Navbatdagi manzil sifatida talabalar Ruhobod me’moriy majmuasi va Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi.
Sayohat davomida ishtirokchilarga ushbu obidalarning tarixiy ahamiyati, me’moriy uslublari, bezak san’ati va ulkan madaniy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Ayniqsa, buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik faoliyati, qurilish sohasidagi ishlari hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.