Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar30-aprel, 2025 · Tahririyat

SDTU bitiruvchilari uchun kadastr muhandisi lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi

Davlat kadastr palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi bir qator tuman filiallarida kadastr muhandisi lavozimlariga SDTU bitiruvchilari orasidan tanlov e’lon qildi.

SDTU e’loni banneri

SDTU bitiruvchi talabalari diqqatiga!

Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasining Oqdaryo, Nurobod, Paxtachi, Pastdarg‘om, Samarqand tumani, Toyloq tuman filiallarida kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Talablar: geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Samarqand shahri, Gulobod ko‘chasi, 56-A uy.

Murojaat uchun telefon raqami: +998 97-959-77-99.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish