Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-noyabr, 2025 · Tahririyat

UNESCO “Knowledge for Change” dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Kuala-Lumpurdagi UNESCO K4C dasturi doirasida ishtirokchilar Malayziyaning Ipoh shahridagi tarixiy obidalarni asrash va Perak provinsiyasidagi ijtimoiy tadqiqot tashabbuslari bilan tanishmoqda.

UNESCO K4C amaliy mashg‘uloti ishtirokchilari

Shu kunlarda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan UNESCO Knowledge for Change (K4C) — Mentor Training Program (MTP) dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlarda ishtirokchilar tarixiy obidalarni konservatsiya qilish, madaniy meros obyektlarini asrash, shuningdek, Malayziyaning tub aholi vakillari istiqomat qiluvchi hududlarida olib borilayotgan ijtimoiy tadqiqot va rivojlantirish tashabbuslari bilan tanishtirildilar.

UNESCO Mizan K4C Hub markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar davomida Ipoh shahridagi tarixiy obidalarni saqlash va ularning barqarorligini ta’minlash, shuningdek, Perak provinsiyasida markazdan uzoq hududlarda yashovchi mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.

Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar “Communiversity” — universitet va jamiyatni yagona tizim sifatida birlashtirish konsepsiyasining amaliy ahamiyati, UNESCO dasturlarining hududiy integratsiya va jamoatchilikni rivojlantirishdagi o‘rni yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish