Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro29-oktabr, 2025 · Tahririyat

TurkicSkills-2025 xalqaro chempionati

Aktau shahridagi TurkicSkills-2025 xalqaro chempionatida SDTU jamoasi “Unmanned Aerial Vehicle (UAV)” yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etmoqda.

SDTU jamoasi TurkicSkills-2025 chempionatida

Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli TurkicSkills-2025 xalqaro chempionatida 7 ta davlat vakillari o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etishmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti jamoasi ham mazkur chempionatda munosib ishtirok etmoqda.

Universitetning Axborot texnologiyalari kafedrasi v.b. dotsenti Jonibek Haydarov hamda 1-bosqich magistranti Abror Niyatov “Unmanned Aerial Vehicle (UAV)” yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlarda qatnashmoqda.

Bu ishtirok universitet jamoasi uchun xalqaro tajriba almashish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va yosh mutaxassislarning salohiyatini yuksaltirishda muhim qadamdir. SDTU jamoasiga xalqaro maydonda omad tilaymiz!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish