
Samarqand davlat texnika universitetining 2- va 3-bosqichda rus tilida tahsil olayotgan “Arxitektura”, “Qurilish muhandisligi” va “Iqtisodiyot” yo‘nalishidagi talabalari diqqatiga!
2025–2026 o‘quv yilining 1-semestrida Akademik M.S. Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universitetida o‘qish uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov shartlari: darslar rus tilida olib boriladi; talabalar uchun yotoqxonada bepul yashash imkoniyati mavjud; transport xarajatlari (borish va qaytish) qoplab beriladi.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-sentyabrga qadar.
Murojaat joyi: SDTU Xalqaro aloqalar bo‘limi.