Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar30-aprel, 2025 · Tahririyat

11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov kurslari tashkil qilindi

Prezident topshirig‘i asosida SDTUga biriktirilgan 11-sinf o‘quvchilari, jumladan kambag‘al va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun fizika, matematika, informatika va ingliz tilidan tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarining 6-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, “Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish haqida”gi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga biriktirilgan 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov kurslari tashkil qilindi.

Mazkur kurslar abituriyentlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, darslar “Registrator ofisi” hamkorligida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fizika, matematika, informatika va ingliz tili fanlaridan yo‘lga qo‘yildi.

Tashkil etilgan tayyorlov kurslari oliy ta’limga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga qo‘shimcha shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish