Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti27-aprel, 2025 · Tahririyat

“Tarixga sayohat”: mexanika muhandisligi talabalari uchun ekskursiya

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Anvarova Mohinur boshchiligida talabalar turar joyi talabalari uchun “Tarixga sayohat” ekskursiyasi tashkil etildi.

Talabalar Samarqandning tarixiy obidalarida ekskursiyada

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Anvarova Mohinur boshchiligida talabalar turar joyida yashovchi Mexanika muhandisligi yo‘nalishi talabalari uchun qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.

“Tarixga sayohat” shiori ostida tashkil etilgan ekskursiya davomida talabalar Samarqandning tarixiy va madaniy obidalarini yaqindan ko‘zdan kechirdilar. Ular shahrimizning boy madaniyati, qadimiy yodgorliklari va ulkan merosi bilan tanishib, tarixiy bilimlarini yanada boyitdilar.

Bunday tadbirlar talabalarda vatanimiz tarixi va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun xizmat qilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish