Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim6-fevral, 2026 · Tahririyat

Tanqidiy yig‘ilish: 2026-yil rejalari muhokama qilindi

Rektor Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda har bir yo‘nalishdagi muammolar va yechimlar tahlil qilindi.

2026-yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish

Samarqand davlat texnika universiteti rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida rektor tomonidan barcha mas’ullarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tizimda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning sabablari hamda samarali yechimlari atroflicha tahlil qilindi; har bir yo‘nalish kesimida mas’uliyatni kuchaytirish va natijadorlikni oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Rektorning ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi Jamol Jo‘rayev talaba-yoshlarda axborot olish va tarqatish madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda, shaffof va sifatli o‘tkazish masalalariga to‘xtaldi. Yig‘ilish yakunida universitet profilaktika inspektorlariga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish