Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-noyabr, 2025 · Tahririyat

Ta’limda global sheriklik sari

SDTUda Hindistonning AMERF tashkiloti rahbari Joychand Moirangthem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi; tomonlar hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

AMERF rahbari bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Hindistonning Atinga Moirangcha Educational & Research Foundation (AMERF) tashkiloti rahbari Joychand Moirangthem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Atinga Moirangcha Educational & Research Foundation (AMERF) — Hindistonning nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Fond talabalarni xorijdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qo‘llab-quvvatlaydi, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar tashkil etadi, hamda bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi va xorijda ishga joylashishiga ko‘maklashadi.

Suhbat davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

AMERF rahbari kelgusi o‘quv yilidan Hindiston, Kambodja va boshqa davlatlardan talabalarni SDTUga jalb etish, shuningdek, yangi va talabgir ta’lim yo‘nalishlarida xalqaro qo‘shma dasturlarni ochish takliflarini ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida AMERF va SDTU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish