
Talabgor Ismoilov Arslon Isomiddinning “Avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida tabiiy gazni tejash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi, 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli ilmiy kengashning kafedralararo seminari 2024-yil 12-dekabr kuni soat 14:00 da Samarqand davlat texnika universitetining bosh binosi, birinchi qavat, 114-xonasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Boboyev Sobirjon Murodullayevich.
Manzil: Samarqand shahri, SDTU bosh binosi.
Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.