
14–16-may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichining 1-kunida Toshkent davlat tibbiyot universiteti, universitet, Andijon davlat pedagogika instituti, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti teatr jamoalari mavsum g‘olibligi uchun o‘zaro bellashishdi.
15-may kuni Qarshi davlat texnika universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Farg‘ona davlat universiteti jamoalari o‘z chiqishlari bilan qatnashdi.
Final bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra universitet va Andijon davlat pedagogika instituti 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari, 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.