
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov hamrohligida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Maqsad — talaba-yoshlarning turmush sharoitlari, istaklari va muammolarini bevosita o‘rganish, ular bilan yaqindan tanishish edi.
Dastlab, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rektor ularga tantanali tarzda guvohnomalarni topshirdi, bu esa talabalar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.
Shuningdek, “Mushoira” ijodkor talabalar klubi a’zolari bilan iliq va samimiy suhbat tashkil etildi. Iqtidorli yoshlar o‘z qalamiga mansub she’rlarni o‘qib eshittirishdi hamda klub faoliyatiga oid taklif va mulohazalar tinglandi.
Tashrif davomida talabalar turar joyidagi sharoitlar, xususan, internet tezligi, sanitariya holati hamda o‘quv zallari faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Talabalar bilan bevosita muloqot, ularning hayoti va muammolariga e’tibor – bu ta’lim sifatini yuksaltirish sari muhim qadamdir!