Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti25-iyul, 2025 · Tahririyat

Tabiat bilan uyg‘unlikda – Zarafshon qo‘riqxonasiga sayohat

Qurilish fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari O‘rta Zarafshon davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurdi.

Talabalar Zarafshon qo‘riqxonasiga sayohatda

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari O‘rta Zarafshon davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad — talabalarda ekologik ong va tabiatga hurmat hissini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va tabiiy boyliklarni asrash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Sayohat davomida ishtirokchilar qo‘riqxona hududidagi noyob o‘simliklar, hayvonot dunyosi va betakror landshaftlar bilan yaqindan tanishib, ekotizimning tabiiy muvozanati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish