Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro11-aprel, 2025 · Tahririyat

SDTUda Xitoy kompaniyalari bilan Universitet va sanoat korxonalari hamkorligi markazi ochildi

SDTU Inkubatsiya markazi qoshida ikkita xitoy kompaniyasi bilan Universitet va sanoat korxonalari hamkorligi markazi ochildi.

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik markazining ochilishi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Inkubatsiya markaziga investitsiya kiritilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Bugun SDTUda Xitoyning Hebei Lakoo Automation Equipment mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda XingTai LangTai Agricultural Technology mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet tomonidan rektor Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar Juramirza Qayumov, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov, Rahmatillo Egamov hamda bosh kotib Ulug‘bek Xolmatov, Samarqand viloyati Investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Ahmadjon Bahodirov ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Inkubatsiya markazi qoshida Xitoy kompaniyalari bilan Universitet va sanoat korxonalari hamkorligi markazi ochildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish