Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan16-oktabr, 2025 · Tahririyat

SDTUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

26-sentabr kuni SDTUda arxitektura, dizayn va shaharsozlikni barqaror rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

SDTUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2025-yil 26-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti katta faollar zalida “Zamonaviy arxitektura, dizayn va shaharsozlikni barqaror rivojlantirishning dolzarb muammolari va innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari hamda iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiyada bildirilgan ilmiy g‘oyalar va takliflar arxitektura, dizayn va shaharsozlikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarga yechim topishga xizmat qiladi.

Maqolalar to‘plami “Экономика и социум” jurnalining maxsus sonida chop etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro konferensiya ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion qarashlarni targ‘ib qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish