
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Turkiya delegatsiyasi bilan xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan muhim uchrashuv o‘tkazildi.
Delegatsiya tarkibida doktor Hasan Yavuz — Turkiya Tashqi ishlar vazirligi elchisi; professor doktor Adnan Sözen — Adana Alparslan Türkeş fan va texnologiya universiteti rektori; professor doktor Neşe Yalçın — Adana ATU prorektori; dotsent doktor Nihat Döngel — Adana ATU bosh kotibi; doktor Mustafa Latif Emek — IKSAD instituti prezidenti va Atabek Mavlyanov — IKSAD bosh koordinatori bor edi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va texnologik innovatsiyalar mavzulari muhokama qilindi.
Rektor Dr. Chidem Turkyilmaz: “Bunday uchrashuvlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlab, kelajakdagi qo‘shma istiqbollarni yaratishda muhim rol o‘ynaydi”, dedi.