
Mahalla yoshlari va Arxitektura fakulteti talabalari o‘rtasida sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar va mahalla yoshlari o‘zaro tajriba almashish, mantiqiy fikrlash hamda sport madaniyatini oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ushbu tadbirlar talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.