
Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov ochib berdi.
Tadbirda 187 ta nufuzli yirik kompaniya ishtirok etdi.
Jumladan:
— Samarqand viloyati Samarqand tumanida faoliyat yuritayotgan “Mirankul Construction Materials” MChJ;
— Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “SAM FERRE” xususiy korxonasi;
— Toshkent shahrida joylashgan Hindistonning Larsen & Toubro Construction kompaniyasi;
— Navoiy viloyati Navoiy shahridagi “Navoiy kon-metallurgiya” aksiyadorlik jamiyati;
— “Yuksalish Group” kabi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, 150 nafarga yaqin talaba suhbat asosida ushbu korxonalarga ishga qabul qilindi.
“ARAM” kompaniyasi direktori, “1000 ta Millioner” klubi asoschisi Zaxriddin Nosirov tomonidan tadbirkor bo‘lish sirlari mavzusida masterklass o‘tkazildi.
Shuningdek, universitetda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab, texnikum va akademik litseylar bitiruvchilari uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.