
Samarqand davlat texnika universitetiga Partiya qo‘mitasi kotibi Li Zhijun boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasining Shian texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Dastlab delegatsiya a’zolari universitetning yangi binosida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy qismi universitet rahbariyati ishtirokida bosh binoda davom etdi.
Uchrashuv davomida:
— ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
— ilmiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— SDTUning “Ekologik suvni saqlash va yangi energiya ittifoqi”ga a’zolik masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Xi’an University of Technology va Samarqand davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi hamda ittifoqqa a’zolik shartnomasi imzolandi.