Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar5-noyabr, 2025 · Tahririyat

SDTU va NamDTU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

SDTU rektori Chidem Turkyilmaz Namangan davlat texnika universiteti rektori v.v.b. Muhammadjon Dadamirzayev bilan uchrashib, ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

SDTU va NamDTU rektorlari uchrashuvi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Chidem Turkyilmaz Namangan davlat texnika universiteti rektori v.v.b. Muhammadjon Dadamirzayev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va innovatsion hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalarida o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida SDTU va NamDTU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum kelgusida ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish