Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-noyabr, 2025 · Tahririyat

SDTU UNESCO “Knowledge for Change” dasturida ishtirok etmoqda

Universitet ijrochi menejeri Rustam Eshmamatov Malayziyada UNESCO K4C Mentor Training dasturida ishtirok etib, CBPR yondashuvi va “communiversity” konsepsiyasi bo‘yicha treninglarda qatnashmoqda.

UNESCO K4C dasturi treningi

Shu kunlarda Samarqand davlat texnika universiteti ijrochi menejeri Rustam Eshmamatov Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan UNESCO K4C Regional Training Centre (RTC) Asia — Mentor Training Program (MTP) dasturida universitet nomidan ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro dasturda turli mamlakatlardan kelgan K4C mentorlari, professor-o‘qituvchilar va tashkilotlar vakillari qatnashmoqda. UNESCO tomonidan tashkil etilgan ushbu dastur CBPR (Community-Based Participatory Research) — jamoatchilik ishtirokiga asoslangan tadqiqot yondashuviga bag‘ishlangan bo‘lib, u ilmiy tadqiqotni jamoatchilik bilan birgalikda olib borish, “communiversity” (universitet-jamiyat integratsiyasi) konsepsiyasini rivojlantirish hamda jamiyat va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Dastur davomida ishtirokchilar CBPR tarixi, etikasi, SDG yo‘nalishlari bilan uyg‘unlik, knowledge democracy masalalari, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish, shuningdek, ta’lim va tadqiqot integratsiyasi kabi mavzularda xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilayotgan ma’ruzalar va treninglarda qatnashmoqda.

Dastur yakunida ishtirokchilar o‘z hududlarida UNESCO K4C Hub (markaz)larini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu kabi markazlarning ochilishi SDTU uchun UNESCO xalqaro tarmog‘iga qo‘shilish, xalqaro grantlar, ilmiy loyihalar va hamkorliklar yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish