Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar5-may, 2025 · Tahririyat

SDTU QUIZning “Rektor kubogi” o‘yini bo‘lib o‘tadi

9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan SDTU QUIZning “Rektor kubogi” o‘yini 7-may kuni soat 17:00 da bosh bino oldida o‘tkaziladi; jamoalar oldindan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

SDTU QUIZning “Rektor kubogi” o‘yini banneri

07.05.2025-yil (chorshanba) soat 17:00 da SDTU bosh binosi oldida “9-may Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan SDTU QUIZning “Rektor kubogi” o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Kino, musiqa, multfilm va mantiqiy savollardan iborat ko‘ngilochar o‘yinga tashrif buyuring! QUIZ jamoaviy o‘yin bo‘lib, 6 ta ishtirokchidan iborat istalgan jamoa qatnashishi mumkin. Jamoada ishtirokchilar soni 5 tadan kam, 6 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Jamoalardan tezroq ro‘yxatdan o‘tib olishlari so‘raladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan jamoalarga o‘yinda qatnashishlariga ruxsat berilmaydi.

G‘olib jamoalarning har bir ishtirokchisi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. G‘olib jamoa esa ko‘chma kubokni qo‘lga kiritadi.

Qatnashish istagida bo‘lgan jamoalar ro‘yxatdan o‘tish uchun 7-may soat 12:00 gacha “ZAKOVAT” klubi koordinatori Jonibek Eshovga murojaat qilishlari mumkin: +998 90 213 79 69.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish