
Samarqand shahrida Samarqand – Futszyan iqtisodiy va savdo hamkorligi hamda “Musaffo Futszyan” madaniy-turizm forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provinsiyasi rahbariyati, iqtisodiyot, savdo, turizm, madaniyat va madaniy meros sohalari mas’ullari, tadbirkorlar bilan bir qatorda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamolova, Oliy ilm-fan maktabi dekani Perviz Ahmadzade hamda Arxitektura fakulteti professori Emrah Turkyilmaz ishtirok etdi.
Forum ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyozov, Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provinsiyasi gubernatori Chjao Lun keyingi yillarda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – Xitoy mintaqalari hamkorligi, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, investitsiya dasturlari haqida so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida ikki hududning turizm, madaniyat, transport, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, ishlab chiqarish va sanoat sohalaridagi salohiyati namoyish etildi. B2B va G2B uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlikni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha bir qator kelishuv hamda memorandumlar imzolandi.