
Universitetning Arxitektura va Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlarida talabalar uchun muhim psixologik uchrashuv tashkil etildi.
Psixologlar Sardor Otayorov va Umeda Najmiyeva hamda talabalar dekanati tyutorlari hamkorligida 1- va 3-bosqich talabalariga mo‘ljallangan «Psixolog va talabalar uchrashuvi» doirasida «Ruhiy salomatlikni barqarorlashtirish» mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi.
Seminar davomida ruhiy barqarorlikni saqlash usullari, stress va xavotirni boshqarish yo‘llari, talabalar bilan ochiq muloqot kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mazkur tadbir talabalarning psixologik savodxonligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.