Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti2-avgust, 2025 · Tahririyat

“Robototexnika” to‘garagi — zamonaviy texnologiyalar sari qadam

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida SDTUda talabalar uchun “Robototexnika” to‘garagi faoliyat yuritmoqda.

Talabalar “Robototexnika” to‘garagida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning texnologik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Robototexnika” to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

To‘garakda axborot texnologiyalari va robototexnika sohasiga qiziquvchi iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda. Ular darslar davomida dasturlash, elektron qurilmalar bilan ishlash, mexanizm va sun’iy intellekt asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirib borishmoqda.

Ushbu tashabbus talabalarni fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni raqamli davrning muhim yo‘nalishlariga tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish