
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida voleybol sport turi bo‘yicha (yigitlar o‘rtasida) “Rektor kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalar quyidagicha: 1-o‘rin — SDTU jamoasi; 2-o‘rin — Geomatika jamoasi; 3-o‘rin — Qurilish jamoasi.
Shuningdek, “Rektor kubogi” voleybol turnirida turli nominatsiyalar bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi: eng yaxshi o‘yinchi — Rahmatullayev Sanjar; eng yaxshi hujumchi — Xudoyqulov Shahriyor; eng yaxshi pas beruvchi — Jo‘raboyev Oxun.