
2025-yil 6-may kuni universitetimiz Katta faollar zalida bo‘lib o‘tadigan QVZ ko‘rik-tanlovi “Rektor kubogi”ga barchani taklif etamiz!
Ishtirokchilar — universitet talabalaridan iborat jamoalar. Jamoalar soni cheklanmagan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 5 tashabbus yo‘nalishidagi klublar umumiy koordinatori Ikrom Davurovga murojaat qiling.
Sovrinlar: 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 3 500 000 so‘m; 3-o‘rin — 2 500 000 so‘m; “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” — har biri 1 000 000 so‘mdan.
Qiziqarli hazillar, kulgi va katta sovrinlar sizni kutmoqda! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — sahnaga chiqing va yuting!