Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro26-noyabr, 2025 · Tahririyat

SDTU vakillari QS Eurasia Forum 2025 da ishtirok etdi

25–26-noyabr kunlari Toshkentda o‘tgan forumda xalqaro reytinglar va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Toshkentdagi QS Eurasia Forum 2025 ishtirokchilari

2025-yil 25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan QS Eurasia Forum 2025 da universitetimizdan Xalqaro reytinglar va akkreditatsiyalar koordinatorligi ofisi mutaxassisi Matlubaxon Alijanova hamda Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nasiba Zayniyeva ishtirok etdi.

Forumning asosiy mavzusi — “Ufqlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklar qurish” bo‘lib, unda Yevroosiyo oliy ta’limining Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi roli, oliy ta’lim muassasalari uchun global hamkorlik strategiyalari hamda QS Jahon universitetlari reytingiga samarali tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida Qozog‘istonning Tashenev universiteti, Dubaydagi Birmingem universiteti, Malayziyaning INTI International University va Asia Pacific University of Technology and Innovation, shuningdek Delta universiteti hamda Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va Yevropaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan xalqaro reytinglar va hamkorlik yo‘nalishlarida muzokaralar olib borildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish