Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro10-dekabr, 2025 · Tahririyat

Qozog‘iston: akademik almashinuv dasturi doirasidagi amaliy tashrif

Qurilish fakultetining 12 nafar talabasi va 1 nafar o‘qituvchisi L.B.Goncharov nomidagi Qozog‘iston avtomobil yo‘llari institutida (KazADI) tahsil olmoqda.

Qozog‘istondagi akademik almashinuv tashrifi

Shu kunlarda Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakultetining 1 nafar professor-o‘qituvchisi stajirovka o‘tash, 12 nafar talabasi esa akademik almashinuv dasturi doirasida L.B.Goncharov nomidagi Qozog‘iston avtomobil yo‘llari institutida (KazADI) bo‘lib turibdi.

Talabalar o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, KazADIdagi o‘qitish metodikasi va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar. Mashg‘ulotlardan so‘ng guruh ishlab chiqarish obyektlari va zavodlarda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda real texnologik jarayonlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish