Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro31-may, 2025 · Tahririyat

Praga texnika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Delegatsiya rahbari Karel Pavelka va professor Karel Vach bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Praga texnika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga Chexiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Praga texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Praga texnika universitetining Xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Karel Pavelka va universitet professori Karel Vach ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildi: universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish; professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish; qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish va xalqaro grant dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish.

Suhbat yakunida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki universitet o‘rtasida uzoq muddatli va samarali ilmiy-akademik aloqalar uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish