Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti2-may, 2025 · Tahririyat

Payshanba profilaktika kuni doirasida navbatdagi uchrashuv

SDTUda “Payshanba profilaktika kuni” doirasida talabalarning huquqiy ongini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Payshanba profilaktika kuni tadbiri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan talabalarning huquqiy ongini yuksaltirish va ularni jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklardan ogoh etish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida universitet profilaktika inspektori Nargiza Primova tomonidan yoshlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish, ijtimoiy va akademik muhitda mas’uliyatli bo‘lish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish