Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro20-avgust, 2025 · Tahririyat

O‘zbekistonlik va yaponiyalik talabalarni birlashtirgan ijodiy ko‘rgazma

GEOSIMBIOTIK WORKSHOP – GWS 2025 doirasida SDTU Arxitektura fakulteti va Yaponiyaning Setsunan universiteti talabalari birgalikda ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

O‘zbek va yapon talabalarining ijodiy ko‘rgazmasi

Arxitektura fakulteti talabalari hamda GEOSIMBIOTIK WORKSHOP – GWS 2025 doirasida universitetimizda mehmon bo‘lib turgan Yaponiyaning Setsunan universiteti talabalari ishtirokida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali milliy va xorijiy arxitektura tajribalarini uyg‘unlashtirdi, shuningdek, madaniy hamkorlik ruhida yaratilgan loyihalar namoyish qilindi.

Tadbir ikki universitet talabalari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, ijodiy tajriba almashish va arxitektura sohasidagi innovatsion qarashlarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish