Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-avgust, 2025 · Tahririyat

O‘zbekiston–Xitoy: strategik hamkorlik doirasida yangi bosqich

WorldSkills Uzbekistan tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan xalqaro uchrashuvda Xitoy bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va WorldSkills yo‘nalishlarini joriy etish muhokama qilindi.

Universitet rahbariyati WorldSkills xalqaro uchrashuvida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida WorldSkills Uzbekistan tashabbusi bilan muhandislik va texnologiyalar yo‘nalishida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati, WorldSkills Uzbekistan texnik delegati hamda Xitoyning Shenzhen shahridan kelgan sanoat dizayni va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:

— Industry Design Technology o‘quv markazini tashkil etish — Markaziy Osiyoda yagona WorldSkills muhandislik markazi.

— Universitetda 8 ta WorldSkills yo‘nalishini joriy etish — xalqaro standartlarda kurslar va zamonaviy texnika bilan ta’minlash.

— Universitetni chempionlar tayyorlash markaziga aylantirish — milliy va xalqaro bazani shakllantirish.

— Xitoy bilan qo‘shma dasturlar — 2+2 bakalavriat, 1+1 magistratura, qo‘shma PhD tadqiqotlari.

— 2025-yildan boshlab xitoylik talabalarni qabul qilish.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish