
Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston–Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida uchta sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ekspertlar zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish hamda raqamli innovatsiyalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Sho‘balarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi:
— texnologik kelajak uchun inson kapitali — oliy ta’limni sanoat va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish;
— chegarasiz ko‘nikmalar — ta’lim, akademik mobillik va amaliyotchi tadqiqotlar uchun ikki tomonlama ekotizim yaratish;
— aqlli jamiyat uchun akademik innovatsiya — sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.