
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan SDTUda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport tadbirlari o‘tkaziladi.
Sana: 5-noyabr. Boshlanish vaqti: 15:00. Joy: universitet sport zali.
Tadbir doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi — “arqon tortish” (erkaklar o‘rtasida jamoaviy musobaqa); “darts” (ayollar va erkaklar o‘rtasida shaxsiy birinchilik).
G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlanadi. Eslatma: ishtirokchilar sport kiyimida bo‘lishlari shart.
Barcha xodimlar va professor-o‘qituvchilarni mazkur musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.