
Seminarda O‘zbekiston, AQSh, Italiya, Xitoy, Misr, Niderlandiya, Bangladesh, Malayziya, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Eron va Qozog‘iston kabi mamlakatlardan 200 nafarga yaqin olim, amaliyotchi, soha mutaxassisi hamda talaba ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida madaniy merosni barqaror asrash, bunda zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalar hamda jamoatchilik ishtirokining o‘rni va tarixiy inshootlarga iqlim o‘zgarishining ta’siri kabi masalalar muhokama qilinmoqda.