Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan15-may, 2025 · Tahririyat

Orolbo‘yi ekologik muammolari chuqur o‘rganilmoqda

Geomatika muhandisligi kafedrasi doktoranti Qurbonova Iroda professor Vaxob Rafikov rahbarligida Orol dengizining qurigan hududlaridagi geoekologik holatni tadqiq qilmoqda.

Orol dengizi hududida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Geomatika muhandisligi kafedrasi birinchi kurs tayanch doktoranti Qurbonova Iroda, geografiya fanlari doktori, professor Vaxob Rafikov rahbarligidagi ilmiy guruh tarkibida Orol dengizining qurib borayotgan hududlarida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Tadqiqotlar ayni vaqtda Orol dengizi tubining ochilib qolgan qismidagi geoekologik holat, shuningdek, “Orolqum cho‘li”ning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan.

Qurbonova Iroda “Geoinformatika” (11.00.07) ixtisosligi bo‘yicha PhD dissertatsiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan maydonlari tabiiy-meliorativ holatini geoaxborot tahlili asosida baholash va kartalashtirish mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Bu ilmiy ishlar Orolbo‘yi mintaqasida barqaror ekologik rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilishi, shuningdek, zamonaviy geotexnologiyalar yordamida ekologik muammolarni aniqlash va yechim topish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish