Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim9-sentabr, 2025 · Tahririyat

O‘quv reja asosidagi majburiy fanlar hamda tanlov fanlari bilan tanishtirildi

Registrator ofisi, kafedra professor-o‘qituvchilari va Talabalar dekanati tyutorlari talabalarni yangi o‘quv yili uchun majburiy va tanlov fanlari bilan tanishtirmoqda.

Talabalarni majburiy va tanlov fanlari bilan tanishtirish jarayoni

O‘quv reja asosidagi majburiy fanlar hamda tanlov fanlari bilan tanishtirish jarayoni boshlandi.

Registrator ofisi xodimlari, fakultet va kafedra professor-o‘qituvchilari, Talabalar dekanati tyutorlari tomonidan talabalar bilan bevosita uchrashib, ularni yangi o‘quv yili uchun o‘quv reja asosidagi majburiy fanlar hamda tanlov fanlari bilan batafsil tanishtirmoqdalar.

Ushbu jarayon talabalar uchun o‘zlari qiziqqan va kelajak kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan fanlarni ongli ravishda tanlash imkonini yaratadi.

Ma’lumot uchun: tanlov fanlari talabaning ta’lim sifatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va kasbiy malakasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish