Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti20-may, 2025 · Tahririyat

Mustahkam oilalar – kelajagimiz poydevori

Universitet psixologi Sardor Otayorov talaba-yoshlar uchun mustahkam oila qurish bo‘yicha uchta psixologik tavsiya va ogohlantirishlarni taqdim etdi.

Oila mavzusidagi tasvir

Assalomu alaykum, aziz talaba-yoshlar!

Oila – jamiyatning asosiy hujayrasi bo‘lib, shaxsning dastlabki va eng muhim ijtimoiy muhitidir. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sog‘lom oilaviy muhitda o‘sgan yoshlar hayotda muvaffaqiyatli moslashuvchanlik, yuqori emotsional intellekt va mustahkam ruhiy salomatlikka ega bo‘ladilar.

Yosh oilalar uchun 3 muhim psixologik tavsiya:

1. Muloqot – munosabatlar poydevori. Kuniga kamida 20 daqiqa telefon va ijtimoiy tarmoqlarsiz suhbatlashishga vaqt ajrating. Bu ishonch va tushunishni oshiradi.

2. O‘zaro chegaralarni hurmat qiling. Har bir inson shaxsiy makon va vaqtga muhtoj. Juftingizning shaxsiy ehtiyojlarini hurmat qilish munosabatlarni mustahkamlaydi.

3. Qiyinchiliklarni birgalikda yengish. Muammolardan qochish emas, balki ularga birgalikda yechim izlash – bu sog‘lom oilaviy munosabatlarning asosiy belgisidir.

Psixologik ogohlantirish.

Ko‘pincha yoshlar nikohdan oldingi tasavvurlar bilan yashashadi. Esda tuting – haqiqiy oilaviy hayot romantik filmlardan farq qiladi. Munosabatlar ustida ishlanadi, bu doimiy mehnat va o‘zaro kompromisslar jarayonidir.

Muhim ko‘nikma.

Emotsional ziyraklik – o‘z va sherigingiz his-tuyg‘ularini anglash qobiliyati. Har kunlik stress va arazlashlar ortida nimalar yashiringanini tushunish munosabatlarga yangi chuqurlik beradi.

Universitetda sog‘lom oilaviy munosabatlar bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar olish uchun talabalar psixologik xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Shaxsiy konsultatsiyalar va guruh treninglari sizga kelgusi oilaviy hayotingizga yaxshiroq tayyorlanishga yordam beradi.

Mustahkam oilalar – jamiyatimiz va kelajagimiz tayanchi!

Sardor Otayorov.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti psixologi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish