
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash va o‘z g‘oyalarini amalda qo‘llash imkoniyatlarini yaratish maqsadida 2025-yil 13-may kuni muhandislik “StartUP loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, magistrlar, doktorantlar va yosh olimlar o‘z startap loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun — 3 000 000 so‘m; 2-o‘rin uchun — 2 000 000 so‘m; 3-o‘rin uchun — 1 000 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni egallagan nomzod tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya etiladi.
Manzil: SDTU Inkubatsiya markazi, bosh bino, 114-xona.
Sana: 13-may, soat 10:00 da.