Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan7-may, 2025 · Tahririyat

“Muhandislik oyligi” doirasida investorlar va startaplar uchrashuvi

SDTUda “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislar, investorlar va startap egalari ishtirokidagi tashviqot seminarida ilmiy izlanish va startap g‘oyalari muhokama qilindi.

“Muhandislik oyligi” doirasidagi investorlar uchrashuvi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislar, investorlar va innovatsion g‘oya egalari ishtirokida tashviqot seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev ochib berdi.

Ma’ruzachilar: Aziz Saloxitdinov — “Startap Garage” Samarqand filiali rahbari; Usmon Xushvaqtov — ITvaLK koordinatori; Aziz Maxmudov — Yoshlar akademiyasi lideri.

Seminar davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi: ilmiy izlanishlarning bugungi kundagi o‘rni; startap g‘oyalarni shakllantirish manbalari; davlat stipendiyalariga erishish yo‘llari; iqtidorli yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar.

Tadbir ishtirokchilarga ilhom, g‘oya va motivatsiya bag‘ishladi. 2025-yil 13-may kuni bo‘lib o‘tadigan “StartUP loyihalar” tanlovi esa ularning ijodiy tashabbuslarini namoyon etish uchun katta maydon bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari uchun sovrinlar: 1-o‘rin — 3 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 2 000 000 so‘m; 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m. Bundan tashqari, 1-o‘rin sohibi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish