Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti29-may, 2025 · Tahririyat

Milliy qadriyatlar sayli yuqori saviyada o‘tkazildi

“Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasidagi respublika miqyosidagi “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri SDTUga biriktirilgan xiyobonda ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Talabalar milliy qadriyatlar saylida milliy liboslarda

“Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Milliy qadriyatlar sayli” tadbirlari keng miqyosda davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga biriktirilgan xiyobonda ham mazkur sayil yuqori saviyada tashkil etildi.

Sayil davomida talaba-yoshlar ishtirokida milliy liboslar va urf-odatlar, an’anaviy san’at turlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, kitob ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar va sahna ko‘rinishlari, she’riyat kechalari kabi turli madaniy-ma’rifiy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yosh avlod qalbida xalqimizning boy madaniy merosi, qadriyatlari va urf-odatlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish