Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti28-iyul, 2025 · Tahririyat

Milliy adabiyot vakillari ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Oybek va Komil Xorazmiy ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirda talabalar ikki adibning merosini muhokama qildi.

Talabalar milliy adabiyotga bag‘ishlangan tadbirda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talaba-yoshlarning badiiy tafakkuri va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida taniqli ijodkorlar ishtirokida Oybek va Komil Xorazmiy ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining ikki ulkan namoyandasi — Oybek va Komil Xorazmiy ijodining tarixiy, estetik va ma’naviy jihatlari chuqur tahlil qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ijodkorlarning mashhur asarlari o‘qib eshittirildi, adabiy meroslari asosida ochiq muloqot va fikr almashuvlar o‘tkazildi.

Ma’naviyat va ma’rifat ruhida o‘tgan ushbu uchrashuv talabalarda o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish