Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro15-avgust, 2025 · Tahririyat

“Meros va Mahorat” hamkorlik seminari bo‘lib o‘tdi

SDTU rektori va xalqaro mehmonlar ishtirokida o‘tgan “Meros va Mahorat” seminari doirasida universitet “Samarkand Touristic Centre” bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

“Meros va Mahorat” seminari ishtirokchilari

15-avgust kuni Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turizm markazida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti va “Silk Road Samarkand” turizm markazi hamkorligida “Meros va Mahorat” seminari o‘tkazildi.

Tadbirda quyidagilar ishtirok etdi: professor doktor Chidem Turkyilmaz — SDTU rektori; Kobilov Rustam — Samarqand viloyati hokimining turizm va madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari; Takeshi Shiratori — Setsunan universiteti professori (Yaponiya); Xusainov Doniyor — “Silk Road Samarkand” turizm markazi vakili; Munther Al Hendi Ternovskiy — “Samarkand Touristic Centre” kompaniyasi ijrochi direktori, shuningdek prorektorlar va Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari.

Seminarda madaniy merosni asrab-avaylash, turizmni rivojlantirish hamda arxitektura va qurilishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Seminar doirasida SDTU va “Samarkand Touristic Centre” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi — Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, arxitektura va turizm kesishgan nuqtasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda madaniy meros obyektlarini zamonaviylashtirish va restavratsiya qilishda ilmiy yondashuvlarni joriy etishdan iborat.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish