
O‘z yurtini sevgan, uning go‘zalligi, tarixi va kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha ijodkor yoshlarni “Mening O‘zbekistonim” tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz.
Tanlov sharti — O‘zbekistonning tabiati, madaniyati, tarixi, insonlari yoki sizning Vatan haqidagi his-tuyg‘ularingizni aks ettiruvchi ijodiy videorolik tayyorlang. Videolaringizni Talaba klublari bo‘limining Telegram kanaliga yuboring. Oxirgi muddat: 14-oktyabr.
Mukofot va imkoniyatlar — eng yaxshi deb topilgan videorolik egalari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar; g‘oliblar shuningdek maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Aziz yoshlar, bu sizning imkoniyatingiz — Vataningizni sevishingizni, ijodingizni va iste’dodingizni butun O‘zbekiston bilan baham ko‘ring. Har bir kadringiz yurtingizga bo‘lgan faxrni ifodalasin. Unutmang, O‘zbekistonning kelajagi — sizlarning qo‘lingizda.