
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e’lon qilingan “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostidagi tanlov doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida ijodiy ishlarni baholash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Tanlov ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholandi.
Tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha: 1-o‘rin — Islombek Axmadaliyev, Arxitektura fakulteti, arxitektura yo‘nalishi, 1-bosqich talabasi; 2-o‘rin — Og‘abek Qosimboyev, Interyer dizayni yo‘nalishi talabasi; 3-o‘rin — Madina Masharipova, Arxitektura fakulteti, 301-guruh talabasi.
Shuningdek, arxitektura yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Aselya Usenova va Munisa Nazarova tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha: 1-o‘rin — Nargiza Salomova, Interyer dizayni yo‘nalishi, 302-guruh talabasi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda ularni salbiy illatlarga qarshi kurashishda faol pozitsiyaga ega bo‘lishga undashga xizmat qiladi.